«YIL ABITURIYENTI» TANLOVINING SARALASH BOSQICHI BOSHLANDI!

                     Gazetamizning ushbu sonidan boshlab «Yil abituriyenti» tanlovining saralash bosqichi boshlanishidan xabaringiz bor.
Sizlarga ushbu tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tamiz?
– Tanlovda ishtirok etish uchun qanday shart mavjud?
Javob: Tanlovda ishtirok etish uchun «Imtihon» gazetasining «36 tadan nechta topasiz?» ruknida berib borilayotgan testlar orasidan o‘zingiz tanlagan yo‘nalishingiz uchun zarur bo‘lgan fanlar bo‘yicha test savollariga javob berasiz.
Gazeta ikki haftada bir payshanba kuni chop etiladi. Gazetaning chop etish sanalari gazetamizning 2018-yil taqvimida berib o‘tilgan.
– Gazetadagi test savollariga javoblarni nimaga belgilaymiz?
Javob: «Imtihon» gazetasining 31-betida maxsus javoblar varaqasi keltirilgan bo‘ladi. Ana shu javoblar varaqasiga o‘z javoblaringizni belgilaysiz.
– Test savollariga javobni tahririyatga qanday yuboriladi?
Javob: To‘ldirilgan test javoblari varaqasini rasmga olib, telegramdagi @yil_abituriyenti manziliga yuborish kerak.
– Test savollariga javobni qachongacha yuborish mumkin?
Javob: Ishtirokchilar keyingi son gazeta chiqadigan haftaning boshi – dushanba kuniga qadar yuborishi lozim. Dushanba kuni 18.00 da javob varaqalarini qabul qilish to‘xtatiladi.
– Yuborgan test javoblarimizning natijasini qachon va qayerdan bilib turamiz?
Javob: Saralash bosqichining o‘sha turdagi natijalari www.imtihonpress.uz saytimiz orqali gazeta chiqadigan haftaning boshi – seshanba kuni e’lon qilinadi.
Test kalitlari saytimizga gazeta chiqqan hafta yakshanba kuniga qadar kiritiladi.
– Test natijalarimizni bir necha bor yuborsak, bo‘ladimi?
Javob: Ha, mumkin. Saralash bosqichida har bir ishtirokchi o‘z xohishiga ko‘ra belgilangan muddatgacha 2 marotaba javoblarni yuborishi mumkin, lekin birinchi yetib kelgan natija inobatga olinadi. Yana shuni ham aytib o‘tib ketish lozimki, gazetaning har bir nusxasi bir kishi uchun bir martaga mo‘njallangan. Ksero kopiya qilingan nusxa inobatga olinmaydi. Javoblar varaqasi esa alohida raqam va muhr bosilgan bo‘ladi.
– Test natijalari bo‘yicha apellyatsiya berish mumkinmi?
Javob: Ha, mumkin. E’tirozlar 2 kun davomida qabul qilinadi va kamchilik tasdiqlansa, saytdagi sizning natijalaringiz o‘zgartiriladi. Kechikkan e’tirozlar esa ko‘rib chiqilmaydi.
– Tanlovda bir-ishtirok etib, bir ishtirok etmaslik mumkinmi?
Javob: Saralash bosqichida 2 marta qatnashmagan yoki 68 balldan past ball to‘plagan ishtirokchi qatnashchilar safidan chetlatiladi va yakuniy bosqichda ishtirok etmaydi.
Yangiliklardan bexabar qolmaslik uchun ishtirokchilarni www.imtihonpress.uz saytimizni kuzatib borishlari tavsiya etiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ham bizni kuzatib boring.

Facebookda: fb.com/Imtihon.uz/
Telegramda: @yilabituriyenti_uz guruhi,  @yilabituriyenti2018 kanali
Murojaat uchun telefonlar:

+99894 309 99 44
+99894 302 99 44
+99894 304 99 44
Birinchi tur 11-yanvardan boshlanadi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.
«Imtihon» gazetasi tahririyati

11 thoughts on “«YIL ABITURIYENTI» TANLOVINING SARALASH BOSQICHI BOSHLANDI!”

  1. Ассалому алайкум! Хозирги вактда мен Россия Федерациясидаман. Узбекистон фукаросиман. Мен ушбу танловда иштирок этмокчиман. Интернет оркали журнални юклаб олсам ва жавобларни юбориб турсам буладими.

  2. Ассалому алайкум, мен йил абитуренти танловидан хабарим йук эди мен газетага обуна булмокчиман лекин шу ойда обуна булсам кейинги ойдан газета кулимга тегаркан, менга газетани бош сонларини олишимда ёрдам бера оласизми, мен утган йили имтихондан утолмаганман, ёшлар иттифокига аъзо булишим керакми

  3. O’rtacha narxi qancha aka ?
    belgilangan variantini ko’rdim muhrida(«imtihon» gazetasi tahririyati)
    deb yozilgan va javoblar varaqasi raqami bor ekan. Xuddi shuning
    elektron varianti yuqmi? Javob uchun oldindan rahmat!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *