Oliy ta`lim muassasasi talabalari uchun to’lov-shartnomasi narxi o’zgarishsiz qoladi.

2017/2018 o’quv yilining ikkinchi semestri davomida Oliy ta`lim muassasalarida to’lov-shartnomasi shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun to’lov summasi o’zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig’i Sarvarxon Buzrukxonovning ma`lum qilishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta`minlashning kechiktirib bo’lmaydigan choralari to’g’risida»gi qaroriga asosan 2017/2018 o’quv yillarida to’lov-shartnoma asosida oliy ta`lim muassasalarida o’qish (bakalavriat, magistratura) bahosi 2016/2017 o’quv yillari darajasida saqlanib qolinadi.

Eslatib o’tamiz, qo’shimcha rejaga binoan qabul qilingan talabalar oliy ta`lim muassasasidagi birinchi o’quv yilini tugatgandan so’ng, keyingi o’quv yilidan boshlab amalda o’rnatilgan bazaviy to’lov-kontrakt miqdori asosida o’qishini davom ettirishi xabar qilingandi.

Manba: Kun.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *