Akademiklar guruhi oliy o’quv yurtlarini otaliqqa olishadi.

                     

                    2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida belgilangan barcha vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti yo’lida muhim dasturul amal bo’lib kelmoqda.

Prezident Sh.Mirziyoyev farmoniga asosan «O’zbekistonni innovatsion rivojlantirish vazirligi» tashkil etildi. Vazirlik ilm ahli vakillari bilan muntazam hamkorlik hamda ularning boy tajribalaridan foydalanishni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Prezidentning «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zolarini tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so’ng akademiklikka tasdiqlash uchun eng munosib olimlarni tanlov asosida saralab olish ishlariga yakun yasalib, akademiyaning Hay`ati va faoliyat ko’rsatayotgan haqiqiy a`zolari tavsiyasiga ko’ra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a`zolari tasdiqlandi.

Akademiyaning yangi, haqiqiy a`zolari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, o’tkaziladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, har bir akademik uchun yo’l xaritasi tuzildi.

O’zbekistonni Innovatsion rivojlantirish vazirligida Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a`zolari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda ana shu xaritada belgilab qo’yilgan masalalarga e`tibor qaratildi, deya xabar beradi KUN.UZ’ga vazirlik matbuot xizmati.

Yig’ilish davomida akademiklar «Ilm-fansiz kelajak yo’q» g’oyasi asosida kelajak uchun rejalar ishlab chiqish, yoshlar orasida ilm olish, zamonaviy bilim va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish, bugungi kun talablaridan kelib chiqib, barcha sohalarga innovatsion g’oyalarni tatbiq etish va ularni hayotga joriy etish masalalari tilga olindi.

Yig’ilishda vazir I.Abdurahmonov amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar haqida o’z fiklarini bayon etib, yig’ilish davomida ayrim takliflarni ilgari surdi.

Endi mana shu 32 nafar akademiyaning yangi a`zolari guruhlarga bo’lingan holda respublikada mavjud bo’lgan 4ta ilmiy tadqiqot markazlari, xususan Yuqori texnologiyalar markazi, Genomika va bioinformatika markazi, Xalqaro quyosh energiyasi ilmiy tadqiqot instituti, Sharqshunoslik instituti qoshidagi ilmiy tadqiqotlar markazlariga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar bilan tanishishadi, bu esa turli yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan olimlarning o’zaro hamkorliklarini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, har bir guruh a`zolari bittadan o’quv dargohini «ilmiy otaliq»qa olishi va o’sha bilim maskanini tom ma`noda rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishi lozimligi ta`kidlandi.

Shundan so’ng uchrashuvdan to’lqinlangan akademiklar xududlardagi maktab va kollej o’quvchilarning navbat bilan akademiklar faoliyat yuritayotgan maskanlarga tashrifini tashkillashtirish va o’ziga xos ilmiy sayohat amalga oshirilishi kerak degan tashabbus chiqishgan.

Akademiklarni yoshlar orasida tanitish, ularning faoliyatlari, ilmiy ishlarini keng targ’ib etish va eng asosiysi kelajak egalari orasida zamonaviy bilimlarni egallash, ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularga ilmiy motivatsiya berishni ko’zda tutuvchi bu takliflar barchaga ma`qul keldi. Ta`kidlash lozim, ushbu jarayon nafaqat poytaxtda, balki respublikaning har bir hududida tashkil etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a`zolari

Fizika-matematika fanlari bo’yicha

1. A`zamov Abdulla — Fanlar akademiyasi Matematika instituti bo’lim mudiri

2. Bahodirxonov Muhammadkabir — Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri

3. Bahromov Sa`dulla Abdullayevich — Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika fanlari bo’limi rahbari-ilmiy kotibi

4. Zaynobiddinov Sirojiddin — Andijon davlat universiteti professori

5. Laqayev Saidahmad — Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri

6. Usmonov Temurbek — Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri

7. Egamberdiyev Shuhrat Abdumannopovich — Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori

 

Kimyo fanlari bo’yicha

8. Jalilov Abdulahad To’robovich — «Toshkent kimyo-texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti» davlat unitar korxonasi direktori

9. Ibrohimov Baxtiyor To’laganovich — Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi

10. Namozov Shafoat Sattorovich — Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

11. To’rayev Abbosxon Sobirxonovich — Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori o’rinbosari

 

Biologiya fanlari bo’yicha

12. Abdurahmonov Ibrohim Yo’lchiyevich— Innovatsion rivojlanish vaziri

13. Sobirov Ravshan Zoirovich — Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

14. Tojiboyev Komil Sharofiddinovich — Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori

 

Texnika fanlari bo’yicha

15. Allayev Qahroman Rahimovich — Toshkent davlat texnika universiteti professori

16. Egamberdiyev Husan Zokirovich — Toshkent davlat texnika universiteti professori

17. Mirsaidov Mirziyod — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kafedra mudiri

 

Qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha

18. Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich — Toshkent davlat agrar universiteti rektori

 

Tarix fanlari bo’yicha

19. Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich — O’zbekiston Milliy universiteti professori

20. Yusupova Diloram Yunusovna — Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

 

Iqtisodiyot fanlari bo’yicha

21. Abdurahmonov Qalandar — G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali direktori

22. Aimbetov Nagmet Kalliyevich — Fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi raisi

 

Filologiya fanlari bo’yicha

23. Karimov Naim Fotihovich — Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi yetakchi ilmiy xodimi

24. Mirzayev To’ra — Fanlar akademiyasi O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi

 

Yuridik fanlar bo’yicha

25. Saidov Akmal Xolmatovich — Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

 

Pedagogika fanlari bo’yicha

26. Jo’rayev Risboy — Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti loyiha rahbari

 

Tibbiyot fanlari bo’yicha

27. Alyavi Anis Lyutfullayevich — Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

28. Oripova Tamaraxon O’ktamovna — Sog’liqni saqlash vazirligi Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori

29. Inoyatova Flora Ilyasovna — Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

30. Qurbonov Ravshanbek Davlatovich — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

31. Nazirov Feruz G’ofurovich — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

 

San`atshunoslik fanlari bo’yicha

32. Hakimov Akbar Abdullayevich — Fanlar akademiyasi San`atshunoslik instituti bo’lim mudiri

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *