Shavkat Mirziyoyev “Mard o‘g‘lon” mukofotini ta’sis etdi. Mukofot egalari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi

O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-noyabrdagi qarori bilan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalixabar berdi.

Xabar berishlaricha, mukofot har yili Yoshlar kuni (30-iyun) arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga topshiriladi.

Ushbu davlat mukofoti bilan taqdirlash, xuddi iqtidorli qizlar uchun mo‘ljallangan Zulfiya nomli davlat mukofoti bilan taqdirlashda bo‘lgani kabi, Prezident qarori bilan amalga oshiriladi.

Mazkur davlat mukofotini olganlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga, agar mukofotlangan shaxs oliy o‘quv yurti talabasi yoki bakalavr darajasiga ega bo‘lsa — magistratura bosqichiga imtihonlarsiz davlat granti asosida qabul qilinadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *